Jahon | 09:16 / 25.11.2015
1815
2 daqiqa o‘qiladi

Fransiyada talonchilar tomonidan garovga olingan fuqarolar ozod qilindi

24 noyabr kuni kechasi, Fransiya shimolidagi Lill shahridan uzoq bo‘lmagan Rube shaharchasida (Belgiya bilan chegaradan 2 km ichkarida) noma'lum shaxslar odamlarni garovga oldi.

Linternaute nashrida ma'lum qilinishicha, 2 nafar talonchi bank direktori va uning oila a'zolarini garovga olgan.

Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, politsiya shubhali shaxslarni tekshirmoqchi bo‘lganida ular avtomatdan o‘t ochgan.

Avvaliga bu hodisa terrorchilik bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligi taxmin qilingan va hududga maxsus kuchlar yetib kelgan. Shaharga prefekt, mer, prokuror ham yetib kelgan va aholi yashaydigan uylar qo‘riqlanishi kuchaytirilgan.

Tez orada qutqaruv amaliyoti o‘tkazilgan va garovdagilar ozod etilgan. Bu haqda Lill shahri prokurori Frederik Fevr ma'lum qilgan.

Politsiya ma'lumotiga ko‘ra, qutqaruv operatsiyasi davomida jinoyatchilardan biri o‘ldirilgan. Garovdagilar ayni vaqtda xavfsiz joyda va ularga kerakli tibbiy yordamlar ko‘rsatilmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish