Sport | 19:54 / 25.11.2015
2495
1 daqiqa o‘qiladi

Moskvaning "Spartak" jamoasi Turkiyadagi o‘quv-mashulot yig‘inlarini bekor qildi

Moskvaning "Spartak" jamoasi Turkiyada o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini o‘tkazmaydi. Bu haqda jamoa rasmiy saytida xabar berilgan.

"Qishki tanaffus vaqtida "Spartak" Turkiya hududida 7ta o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazishi belgilangandi. Shundan 6tasi jamoa o‘rinbosarlari va "Spartak-2" jamoalari, bittasi esa asosiy jamoa uchun edi. Bugun, bu rejalar bekor qilindi. Ayni vaqtda "Spartak" rahbariyati muqobil variantlarni ko‘rib chiqmoqda", deyiladi xabarda.

Biroz oldinroq, Moskvaning "Lokomotiv" jamoasi prezidenti Olga Smorodskaya jamoaning Turkiyadagi yig‘ini bekor qilinmasligi haqida ma'lum qilgandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish