Jahon | 22:22 / 25.11.2015
15334
1 daqiqa o‘qiladi

OAV: Anqarada bir qancha portlashlar sodir bo‘ldi, yaradorlar bor

Turkiya poytaxtida bir qancha portlashlar sodir bo‘ldi. Haberturk telekanalining ma'lum qilishicha, portlashlar sanoat korxonalari joylashgan Batikent va Ostim tumanlarida ro‘y bergan.

Ayrim ma'lumotlarga ko‘ra, uch kishi jabrlangan. Ammo shahar ma'muriyati bu xabarni tasdiqlamagan. Gubernatorlikdagi TASS muxbirlarining ma'lum qilishicha, hukumat portlash va jabrlanganlar haqidagi ma'lumotni olmagan.

Mahalliy televideniye o‘z manbalariga asoslanib, xabar berishicha, portlash sanoat korxonalari joylashgan hududlardan birida sisternalardan biriga uglekislota ortish paytida sodir bo‘lgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish