Jahon | 11:35 / 25.11.2015
2499
1 daqiqa o‘qiladi

Obama Spilberg va Streyzandni AQShning oliy mukofotlari bilan taqdirladi

AQSh prezidenti Barak Obama Oq uyda o‘tkazilgan tantanali marosimda rejissyor Stiven Spilberg va aktrisa Barbra Streyzandga ozodlik medallarini topshirdi. Bu haqda NBC xabar qilgan.

"Biz bugun alohida insonlarni taqdirlaymiz. Ijodkorlar, san'atkorlar va yetakchi shaxslar Amerikaning bir millat bo‘lib jipslashuvida katta xizmat ko‘rsatishmoqda", degan Obama marosim vaqtida.

U shuningdek, kompozitor Stiven Sondxaym, skripkachi va dirijyor Itsxak Perlman, qo‘shiqchi Jyeyms Teylor, musiqa prodyuseri Emilo Estefan hamda uning rafiqasi, qo‘shiqchi Gloriyu Estefan, matematik Ketrin Jonson, senator (demokrat) Barbara Mikulski va harbiy faxriy Bonni Kerrollni shunday mukofot bilan taqdirlagan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish