Jahon | 09:48 / 25.11.2015
2187
1 daqiqa o‘qiladi

Obama va Putin iqlim masalalari bo‘yicha o‘tkaziladigan anjumanda muloqot qilishi mumkin

Parijda o‘tkaziladigan iqlim masalalari bo‘yicha anjumanda AQSh prezidenti Barak Obama va Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘rtasida rasmiy uchrashuv belgilanmagan, ammo ular muloqot qilishlari mumkin. Bu haqda Oq uy vakili ma'lumotiga asoslanib, RIA “Novosti” xabar bermoqda.

“Menga Putin bilan bo‘lib o‘tadigan uchrashuv haqida hech narsa ma'lum emas. Sammitda ishtirok etayotgan Putin va Obamaning o‘zaro muloqot qilishi tabiiy hol. Ayni damda bizda hech qanday rasmiy ma'lumot mavjud emas”, — dedi u.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish