Jahon | 10:55 / 25.11.2015
2493
2 daqiqa o‘qiladi

Qirg‘izistonda uy-joylarni majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risidagi qonun kuchga kiradi

Qirg‘izistonda 2016 yilning fevral oyida turar joylarni majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risidagi qonun kuchga kiradi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Temir Sariyev “Birinchi radio” efirida ma'lum qildi.

“Qirg‘izistonda 2016 yilning fevralidan turar joylarni yong‘in va boshqa tabiiy ofatlardan sug‘urta qilish to‘g‘risidagi qonun kuchga kiradi. Mazkur qonun turar joy binolari yong‘in yoki boshqa tabiiy ofatlardan shikast ko‘rgan yoxud butunlay vayron bo‘lganda, uni qayta tiklash jarayonini yengillashtiradi”, - dedi Temir Sariyev.

“Agarda uy-joy sug‘urta qilinsa, fuqarolar davlat yordamidan tashqari sug‘urta kompaniyalaridan pul mablag‘larini oladi. Qirg‘iziston – tog‘li mamlakat, seysmologik hududda joylashgan, tuproq va qor ko‘chishi havfi ham bor. Turar joyni sug‘urta qilish uchun bir yilga 2500 som sarflanadi. Biroq biz turli vaziyatlarga tayyor turishimiz lozim”, - deya qayd etdi hukumat rahbari.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish