Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘iston 2017 yildan bir guruh davlatlar uchun viza tartibini soddalashtiradi
Qozog‘iston “Astana” xalqaro moliya markazini (AIFC) yaratish doirasida 2017 yildan Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (IHTT)ning bir guruh davlatlari, BAA, Malayziya, Singapur va Monako uchun viza tartibini soddalashtirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Qirg‘iziston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Aleksey Volkov ma'lum qildi.
Ostonada Astana EXPO 2017 xalqaro ko‘rgazmasi infratuzilmasi negizida “Astana” xalqaro moliya markazi yaratiladi. Bu markaz MDH, G‘arbiy va Markaziy Osiyo mintaqasi davlatlari uchun moliyaviy markaz qilinmoqchi. Ushbu markazning investor davlatlari uchun viza talablarini soddalashtirish Qozog‘iston prezidentining markazni yaratish masalalarini belgilovchi farmoni bandlarida ko‘zda tutilgan.
“Ayni paytda 2017 yil 1 yanvardan IHTT davlatlari, BAA, Malayziya, Singapur va Monako uchun viza tartibini soddalashtirish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Ushbu davlatlar bilan Qozog‘iston hududiga kirgan kundan boshlab 30 kalendar kuni muddatida vizasiz kirishni kiritish ko‘zda tutilmoqda”, deb aytdi Volkov Sputnik nashriga bergan intervyusida.
Volkovning aytishicha, hukumat va Milliy bankning qo‘shma rejasiga ko‘ra, moliyaviy institutlarni ochish va AIFC’ga investitsiyalarni jalb qilish uchun qulay sharoitlarni yaratishga qaratilgan bir qator choralar ko‘zda tutilgan.