Jahon | 12:54 / 25.11.2015
2369
1 daqiqa o‘qiladi

Si Tszinpin Iqlimiy konferetsiya vaqtida Obama va Olland bilan uchrashadi

Xitoy rahbari Si Tszinpin 30 noyabr kuni Parija shahrida, BMTning Iqlimiy konferensiyasi vaqtida AQSh prezidenti Barak Obama hamda Fransiya prezidenti Fransua Olland bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi.

"Xitoy Xalq Respublikasi rahbari Si Tszinpin AQSh prezidenti Barak Obama va Fransiya rahbari Fransua Olland bilan, shuningdek yana bir qator mamlakatlar vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazadi. Tomonlar o‘zaro munosabatlar va Parijdagi yig‘ilish mavzusi xususida muhokamalar o‘tkazishadi", deya ma'lum qilgan Xitoy TIV rahbari Lyu Chjyenminning o‘rinbosari.

Uning so‘zlariga ko‘ra, marosimning ochilish vaqtidagi grafik tig‘izligi tufayli uchrashuvlarga juda qisqa vaqt ajratiladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish