Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya HHK Suriya bilan chegarada 18 qiruvchi bilan patrullik qildi
Turkiya markaziy shtabi Turkiya-Suriya chegarasida so‘nggi vaqtlardagi eng yirik patrullik qilish bo‘yicha amaliyotni o‘tkazdi. Markaziy shtab tarqatgan bayonotga ko‘ra, operatsiyada bir vaqtning o‘zida 18 dona F-16 qiruvchisi ishtirok etdi.
Onado‘li agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, Rossiya samolyotining urib tushirilishi bilan bog‘liq hodisadan so‘ng harbiy qo‘mondonlik Suriya bilan chegaradagi Xatay provinsiyasiga qo‘shimcha 20ta tankni yubordi. “Tanklar Gaziantep shahriga temir yo‘l orqali yetkazilib, undan keyin harbiy yuk mashinalarida tashildi. Politsiya va jandarmeriya kuzatuvi ostida ular Beshinchi tank brigadasi joylashgan hududga olib borildi ", - xabar berdi agentlik.
Markaziy qo‘mondonlik 2015 yil boshidan buyon Suriya bilan chegaraga chegaralar himoyasini ta'minlashi lozim bo‘lgan yirik armiya kontingentini joylashtirgan. Bundan tashqari, Suriyaning Xatay provinsiyasi janubi bo‘ylab joylashgan hududlarda etnik turkmanlar istiqomat qilishadi. Anqara Rossiya HHKning mazkur hududlar bo‘ylab aviazarbalar berishidan qattiq xavotirda ekanini ma'lum qilgan edi.