Jahon | 18:02 / 26.11.2015
5433
1 daqiqa o‘qiladi

30 noyabr kuni Nazarboyev xalqqa murojaat qiladi

Keyingi hafta boshida, 30 noyabr kuni, Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev xalqqa murojaat qiladi. Bu haqda uning matbuot kotibi Davron Abayev Oq O‘rdaning Facebook’dagi sahifasi orqali ma'lumot berdi.

“Prezidentning Qozog‘iston xalqiga murojaati 30 noyabr kuni amalga oshiriladi. Nursulton Abishevichning o‘zi hukumatning kengaytirilgan majlisida aytganidek, murojaat davlatimizning jahon inqirozi sharoitidagi harakatlariga bag‘ishlanadi. Hozirdan ishontirib aytishim mumkinki, murojaat barchaga qiziq bo‘ladi”, - deb yozdi Abayev.
2014 yili murojaat 11 noyabr kuni amalga oshirilgan edi. Unga qadar esa Nazarboyev xalqqa yil boshida murojaat qilar edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish