Jahon | 18:07 / 26.11.2015
2303
1 daqiqa o‘qiladi

Belgiyada navbatdagi aksilterror operatsiyasi boshlandi

Belgiya janubidagi Ovle shahrida aksilterror operatsiyasi boshlandi, deya xabar bermoqda La Nouvelle Gazette. Shahar Fransiya chegarasidan 50 kilometr masofada joylashgan.

Maxsus amaliyotning o‘tkazilishi esa Belgiyada terrorizm xavfi mavjudligi bilan bog‘liq ravishda o‘tkazildi.
Belgiya politsiyasi chaqirig‘iga ko‘ra aksilterror amaliyoti to‘g‘risida batafsil ma'lumotlar hozircha berilgani yo‘q.
Bundan avvalroq esa Belgiya hukumati xavf darajasining yuqoriligi sababli Bryusselda favqulodda holat tartibi muddatini bir haftaga uzaytirgan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish