Jahon | 01:16 / 26.11.2015
2476
1 daqiqa o‘qiladi

Chexiyada terrorchilar bilan aloqadorlikda gumonlangan turkiyalik qo‘lga olindi

Chexiyada terrorchilik tashkilotlariga aloqasi borlikda gumonlangan Turkiya fuqarosi qo‘lga olindi. "Bu Parij teraktidan so‘ng respublikada xavfsizlik choralarining oshirilishi natijasidir", - dedi Chexiya politsiyasi prezidenti Tomash Tugiy jurnalistlarga.

Hibsga olinganga qarshi sud qarori kutilmoqda. Uni Turkiyaga deport qilib yuborishlari ham mumkin, deb aytilmoqda.

Chexiya OAV ma'lumotiga ko‘ra, gumondor Turkiyada Kurdiston ishchi partiyasining harbiy qanoti bilan aloqadorlikda ayblanib, sirtdan jazoga hukm etilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish