Jahon | 18:37 / 26.11.2015
1881
1 daqiqa o‘qiladi

Dekabr oyi o‘rtasigacha mehmon jamoa muxlislari Fransiya stadionlariga kiritilmaydi

Fransiya stadionlariga mehmon jamoa muxlislarining kirishini taqiqlash muddati uzaytiriladi. Bu haqda L‘equipe nashri xabar tarqatdi.

Xabarda qayd qilinishicha, mazkur chora-tadbir Fransiya chempionatining 18-turiga qadar davom ettiriladi. Shuningdek bu kabi tadbirlar kubok uchrashuvlari, chempionlar Ligasi, Yevropa Ligasi doirasidagi Fransiyada bo‘lib o‘tadigan uchrashuvlarida ham olib boriladi

Mazkur qarorni mamlakat tashqi ishlar vazirligi yaqindagina mamlakat hududida sodir etilgan teraktlar sabab chiqargan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish