Jahon | 11:52 / 26.11.2015
2786
1 daqiqa o‘qiladi

Yevrokomissiya rahbari Shengen zonasini komada deb baholadi

Yevrokomissiya rahbari Jan-Klod Yunkerning so‘zlariga qaraganda, Yevropada Shengen tizimi jiddiy inqirozga yuz tutmoqda.

“Shengen tizimi qisman koma holatidadir, ammo Yevropaga ishonadiganlar Shengenga yangi hayot kiritishga urinib ko‘rishi lozim”, - uning so‘zlarini keltiradi Politico nashri.
Yunkerning ta'kidlashicha, bu holat migratsion krizis va Parij teraktlari bilan bog‘liqdir.

“Agar Shengen ruhi bizni tark etsa, biz Shengen kelishuvidan ko‘ra ko‘proq narsa yo‘qotamiz”, - xulosa qildi siyosatchi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish