Jahon | 21:28 / 26.11.2015
7647
2 daqiqa o‘qiladi

Ispaniya bosh vaziri jonli efir vaqtida o‘g‘lining adabini berib qo‘ydi

Ispaniya bosh vaziri Mariano Raxoy Sore radiostansiyasida bo‘lgan sport dasturining to‘g‘ridan to‘g‘ri efir vaqtida o‘g‘liga adabini berib qo‘ydi. El Pais bergan ma'lumotga ko‘ra, bu holat hukumat boshlig‘i sport sharhlovchisi Pako Gonsales bilan birga “Shaxtyor” va “Real” o‘rtasidagi uchrashuvni sharhlash paytida bo‘lgan.

Bosh vazir efirga o‘zining o‘n yoshli o‘g‘li Xuanni olib oldi. Dastur davomida Gonsales o‘g‘lidan mamlakatdagi eng mashhur sport sharhlovchisi, FIFA EA videoo‘yiniga ovoz bergan Manola Lama haqida uning fikrini so‘ragan.

“Uni bemalol dabdala deb aytsa bo‘ladi”, — deb javob bergan Xuan. Natijada uning javobi studiyadagilarning, jumladan, otasining kulgisiga sabab bo‘lgan. Kulgisini yashira olmagan Raxoy o‘g‘lining boshi orqasiga ikki marta yengilgina tarsaki tushirishga ham ulgargan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish