Hurmatli o‘quvchilar, e'tiboringizga 26 noyabr kuni jahonda ro‘y bergan eng asosiy yangiliklarni takroran havola etamiz.
Chexiyada terrorchilar bilan aloqadorlikda gumonlangan turkiyalik qo‘lga olindi>>
Chexiyada terrorchilik tashkilotlariga aloqasi borlikda gumonlangan Turkiya fuqarosi qo‘lga olindi.
Tunis teraktdan so‘ng Liviya bilan chegarasini yopdi>>
Tunis hukumati mamlakatda yaqinda sodir bo‘lgan terakt sabab Liviya bilan chegarasini yopdi.
Turkiya-Suriya chegarasida yuk mashinalar karvoni bombardimon qilindi>>
Turkiya-Suriya chegarasida 20 ta yuk mashinadan iborat karvon bombardimon qilindi. Hujum mashinalar Turkiya chegarasidan 5 km uzoqlikda bo‘lganda va Suriyaning A'zaz shahriga ketayotganda amalga oshirilgan. Hujum oqibatida kamida 7 nafar odam (barchasi haydovchilar) halok bo‘lgan va yana 10 kishi jarohat olgan.
Obama Argentina prezidentini yaqindan hamkorlik qilishga chaqirdi>>
AQSh prezidenti Barak Obama Argentinaning yangi saylangan prezidenti Maurisio Makri bilan telefon orqali gaplashdi va uni saylovdagi g‘alaba bilan tabrikladi.
Fransiya parlamenti Suriyadagi harbiy operatsiyaning uzaytirilishini ma'qulladi>>
Fransiya parlamenti Suriyadagi harbiy operatsiyaning uzaytirilishini ma'qulladi.
Avstraliya janubidagi o‘rmon yong‘inlari sababli ikki kishi halok bo‘ldi>>
Avstraliya janubidagi Adelaida shahri hududida kuzatilgan o‘rmon yong‘inlari natijasida ikki kishi hayotdan ko‘z yumdi, yana bir necha kishi jarohatlandi.
Turkiya bosh shtabi Rossiyaning harbiy attashesiga Su-24 samolyoti bilan bog‘liq ma'lumotlarni taqdim qildi.
AQShda F-16 qiruvchi samolyoti o‘quv mashg‘uloti paytida falokatga uchradi>>
AQShda F-16 qiruvchi samolyoti Nyu-Meksiko shtatida o‘quv mashg‘uloti o‘tkazayotgan paytda falokatga uchradi.
Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko AQSh prezidenti Barak Obamaga "katta moliyaviy ko‘mak", qaysiki AQShning mudofaa byudjyetida Ukraina uchun 300 mln dollar ajratilgani uchun o‘z minnatdorchiligini izhor qildi.
Obama AQShning 607 mlrd dollarlik yangilangan mudofaa byudjyetini imzoladi>>
AQSh prezidenti Barak Obama mamlakatning yangilangan mudofaa byudjyeti haqidagi qonunni imzoladi.
Venesuelada parlament saylovlari arafasida muxolifatchi siyosatchi o‘ldirib ketildi>>
Venesuelaning “Demokratik harakat” muxolifat partiyasi yetakchilaridan biri Luis Manuel Diasning o‘ldirib ketilgani haqida ma'lum qildi.
«'»: Rossiya Suriyadagi aviatsiyasiga 12ta yangi samolyot qo‘shiladi>>
Rossiya Suriyadagi "Xmeymim" aviabazasiga 10-12ta qiruvchi samolyot bilan ta'minlashi kutilmoqda.
OAV: IShID Ukraina, Moldova va Maltani dushmanlari qatoriga kiritdi>>
IShID terrorchilik guruhi navbatdagi tashviqot videosini chop etdi va unda global aksilterrorchilik koalitsiyaga kiruvchi va o‘zining dushmanlari bo‘lgan davlatlar nomini sanab o‘tdi.
Suriyada Turkiyadan kelayotgan gumanitar karvon aviazarbalarga uchradi>>
Suriyada Turkiyadan kelayotgan 20 ta yuk mashinadan iborat gumanitar karvon ikki davlat chegarasi yaqinidagi A'zaz shahrida aviazarbalarga uchradi.
Turkiya harbiylari tomonidan Su-24 samolyoti uchuvchilarining ogohlantirilishi vaziyati sifatida taqdim qilingan audioyozuv e'lon qilindi.
BMT: Sohildagi 41 mln kishi muhojirga yoki radikalga aylanishi mumkin>>
Afrika Sohili zonasi muhojirlar oqimi hamda ommaviy tarzda jangarilar yollanishi uchun asosiy manba bo‘lib qolishi yaqin yillarda kutilayotgan istiqboldir.
Rossiyaning Krasnoyarsk o‘lkasida Mi-8 vertolyoti halokati oqibatida 15 kishi halok bo‘ldi>>
CNN: Anqaraning Su-24ni urib tushirish qarori Erdo‘g‘anning NATOdagi obro‘yini tushirib yubordi>>
Rossiyaga tegishli samolyotni urib tushirish haqidagi qaror Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anning obro‘ini NATO bo‘yicha ittifoqchilar oldida tushirib yubordi, shuningdek, G‘arbning rasmiy Moskva bilan IShID qarshi kurash masalasida yaqinlashishga bo‘lgan urinishlarini yo‘qqa chiqardi.
OAV: Rossiya Turkiyaga qarshi sanksiyalar joriy qiladi>>
Rossiyaning Su-24 samolyoti urib tushirilishi Turkiya uchun sanksiyalar bilan yakun topadi: Moskva u import hajmini cheklab qo‘yadi.
New Yorker: Suriya butunlay o‘zgardi>>
Fransiya prezidenti Fransua Olland Suriyani va butun dunyoni xalqaro terrorchilikdan qutqarish yo‘lida birlashishga chaqirmoqda, ammo, The New Yorker jurnali kolumnistiningfikricha, Suriyani birinchi navbatda uning o‘zidan qutqarish lozim.
Yangi Zelandiya aborigenlari islomni qabul qilmoqda>>
Yangi Zelandiyada ham yildan-yilga muqaddas islom dinini qabul qilayotganlar soni oshib bormoqda.
Telegraph: "Al-Qoida" va IShID Somalidagi jangarilarga "egalik qilish" uchun kurash olib bormoqda>>
"Al-Qoida" va IShID terrorchi tashkilotlari o‘rtasida Somalidagi "Ash Shabob" ekstremistik guruhi ustidan nazorat o‘rnatish uchun kurash ketmoqda.
Buyuk Britaniya hukumati Royal Bank of Scotland bankining 28 mlrd funt sterlinglik (38 mlrd dollarlik) aksiyasini sotishni rejalashtirmoqda.
Eagles of Death Metal guruhi vakillari Parijdagi terakt voqealarini eslab, Vice guruhiga intervyu berishdi.
Putin: Turkiya Su-24 uchun uzr so‘ramadi>>
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Turkiya hali ham o‘zi urib tushirgan Su-24 samolyoti uchun uzr so‘ramaganini ta'kidladi.