Jahon | 17:40 / 26.11.2015
6418
1 daqiqa o‘qiladi

Putin: Turkiya Su-24 uchun uzr so‘ramadi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Turkiya hali ham o‘zi urib tushirgan Su-24 samolyoti uchun uzr so‘ramaganini ta'kidladi. Bu haqda RIA Novosti agentligi xabar bermoqda.

“Ikki kun muqaddam Suriya osmonida sodir bo‘lgan voqea aqlga ham, xalqaro huquqqa ham qarshidir. Samolyot Suriya hududi ustida urib tushirilgan edi. Shu bilan birga, biz Turkiyaning eng yuqori siyosiy darajadagi shaxslaridan hozirgacha tuzukroq kechirim so‘zlarini ham, zararni qoplash bo‘yicha takliflarni ham, jinoyatchilarni jazolash borasidagi va'dalarni ham eshitmadik”, - dedi u.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish