Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ronaldu Benitesga jamoa manfaati uchun yanada ko‘proq yugurishni va'da qildi
"Real" jamoasi bosh murabbiyi Rafael Benites jamoaning YeChL guruh bosqichi, 5-turi doirasida "Shaxtyor"ga qarshi o‘yini oldidan futbolchilar bilan suhbat o‘tkazgan.
Xabar qilinishicha, suhbatda "Real"ning asosiy tarkibidagi barcha futbolchilar, jumladan Garet Beyl, Xames Rodriges, Karim Benzema hamda Krishtianu Ronaldu ishtirok etgan.
Suhbatni o‘tkazishdan maqsad, ichki chempionatda "Barselona"ga qarshi mag‘lubiyatli o‘yindan keyin (0:4) muhitni yaxshilash hamda kelgusidagi rejalarni belgilab olish bo‘lgan.
Daily Mail xabarida aytilishicha, uchrashuv xushchaqchaq muhitda o‘tgan. Krishtianu Ronaldu esa murabbiyga bundan keyingi o‘yinlarda yanada ko‘proq yugurishi va g‘alaba uchun harakat qilishni va'da bergan. U boshqa jamoadoshlariga ham shunday maslahat qilgan.