Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 19:56 / 26.11.2015
5404
1 daqiqa o‘qiladi
Rossiya TIV: Su-24 fojiasi Turkiya bilan munosabatlarga soya soladi
Rossiya samolyoti Su-24 bilan bo‘lgan fojia Rossiya va Turkiya munosabatlarining barcha jabhasiga soya soladi. Bu haqda brifing chog‘ida Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova gapirib o‘tdi.
“Bundan keyin Turkiya bilan bo‘ladigan munosabatlar qay tarzda kechishi haqda rahbariyat gapirib o‘tdi — o‘tgan fojia ikki tomon munosabatlariga soya soladi”, — dedi u.
Ma'lumot uchun, 24 noyabr kuni Suriyaning Latakiya viloyatida Rossiyaning Su-24 samolyoti urib tushirildi. Bunga javobgarlikni Turkiya tomoni o‘z zimmasiga oldi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish