Jahon | 17:08 / 26.11.2015
8181
5 daqiqa o‘qiladi

Rossiya yulduzlari Turkiyada dam olishdan voz kechmoqda

Urib tushirilgan Su-24 tufayli Turkiya va Rossiya munosabatlarining keskinlashuviga shou-biznes yulduzlari ham befarq qarab turmadi. Turkiya rossiyalik artistlarning eng sevimli dam olish joyi edi. U yerda banketlar, korporativlar, to‘y va tug‘ilgan kunlar nishonlanar edi. Antalya Anastasiya Volochkova va Nikolay Baskovlarning eng sevimli dam olish joyi edi.

Bahorda bu yerda Dima Bilan va Sergey Lazarevlar konsert berishdi. Ammo yaqinda bo‘lib o‘tgan voqealardan so‘ng Rossiya yulduzlarining ham ushbu davlatga bo‘lgan munosabati o‘zgardi, deb yozadi Super nashri.
“Hozir Turkiyaga dam olishga yoki ishlashga borishga hech qanday niyat yo‘q, axir ular bizning xalqaro terrorchilikka qarshi kurashayotgan samolyotlarimizni urib tushirmoqda! – tan oldi Baskov. – Ha, uch yil muqaddam men tug‘ilgan kunim sovg‘a sifatida “Mardan palas” mehmonxonasi hududidan villa oldim. Darvoqe, yaqinda mehmonxona sotib yuborildi, va villa endilikda menga tegishli emas”.

Balerina Anastasiya Volochkova ham uning fikriga qo‘shildi.
“Men Turkiyaga borishni yaxshi ko‘rardim: bu qisqa parvozda yetib borsa bo‘ladigan qulay dam olish edi. Ikki-uch kun dam olib, konsert faoliyatiga qaytsa bo‘lar edi. To‘g‘ri, shu z mehmonxonalardan birida qirg‘oqda odamlarni tishlayotgan nimadir yurganini mendan yashirishdi. Men uning keyingi qurboni bo‘lishim kerak ekan, lekin omon qoldim va haligacha oyog‘imni davolamoqdaman. Bugun ishonch bilan aytishim mumkinki, men Turkiya hududida dam olish, konsert va korporativlar o‘tkazishdan butunlay voz kechaman. Men rossiyalikman va o‘z davlatimni yaxshi ko‘raman. Men Rossiyani so‘z bilan emas, amal bilan qo‘llab-quvvatlayman”.

“Davlatimizda bunday qat'iy pozitsiyaga ega shaxsning borligi chinakam mukofotdir, - deydi reper Timati. – Biz hech qachon hech kimga moslashmaymiz, G‘arb kreditlariga bog‘lik joyimiz yo‘q v hokazo. Agar biror-bir davlat orqamizdan zarba bersa, men va leyblim hukumatimiz tomonida bo‘lamiz. Va agar Turkiya hukumati bizga bunday munosabatda bo‘lsa, biz ushbu davlatga barcha safarlar va konsertlarni bekor qilamiz. Kim bizga qarshi qilich bilan kelsa, qalqon ustida ketadi. Bu mening fuqarolik pozitsiyamdir”.

Kontsert promouteri Tabriz Shahidiy, o‘z navbatida, san'atkorlarni Turkiyadagi konsertlarni boykot qilishga chaqirdi: “Men artistik embargo joriy qilib, ushbu mamlakatni boykotlash kerak deb o‘ylayman. Bundan artistlar deyarli hech narsa yo‘qotmaydi. Turkiya bozori ulkan mablag‘ keltiradigan hudud hisoblanmaydi”.
Uning tashabbusini “Ruki vverx” guruhi yetakchisi Sergey Jukov ham qo‘llab-quvvatladi: “Bugungi vaziyat tufayli Turkiyada hech qanday konsert bo‘lmaydi. Taklif qilishsa, boramanmi? Shubham bor. Men bundan hech narsa yo‘qotmayman”.

Filipp Kirkorov, Dima Bilan va Sergey Lazarevlar ham ushbu davlatga konsert dasturlari bilan bormasliklarini ma'lum qilshdi.
Qo‘shiqchi Mitya Fomin esa ikkilanayotganini aytib, sababini tushuntirdi: “Anglashilmovchilik yuz berganiga umid qilaman! Shubhasiz, men hukumatimiz tarafdaman, ammo gap shundaki, bizda bir qancha Yangi yil konsertlari bor, u yerga rossiyaliklar oilalari bilan borishi kerak edi. Paytgacha voqea hal bo‘lib, Turkiya kechirim so‘raydi degan umiddaman. Lekin rostini aytay, agar Turkiya konsertni bekor qilmasa, biz boramiz. Bizda majburiyatlar bor: shartnomalar, yo‘llanmalar xarid qilingan, gonorar to‘langan. Afsuski, konsertni bekor qilishga hech qanday sababim yo‘q”.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish