Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Suriyada Turkiyadan kelayotgan gumanitar karvon aviazarbalarga uchradi
Suriyada Turkiyadan kelayotgan 20 ta yuk mashinadan iborat gumanitar karvon ikki davlat chegarasi yaqinidagi A'zaz shahrida aviazarbalarga uchradi. Bu haqda Humanitarian Relief Foundation gumanitar tashkiloti o‘zining tvitterida ma'lum qildi.
Tashkilotda zarbani kim berganligi haqida aniq ma'lumotga ega emasliklari ta'kidlab o‘tildi. Hozircha rasmiy ma'lumot ham mavjud emas.
Tashkilot xodimlari voqea joyiga jabrlanganlarga yordam bergani va yong‘in ichida qolgan yuk mashinalarni o‘chirgani yetib kelishgan. Haberturk nashri ma'lumotlariga ko‘ra, hujum oqibatida 7 kishi halok bo‘lgan, 10 kishi yaralangan. Mashinalarning barchasi o‘t ichida qolgan.