Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy raisi Si Tszinpin armiyada katta ko‘lamda o‘zgarishlar amalga oshirilishini ma'lum qildi
Xitoy raisi Si Tszinpin rejalashtirilayotgan harbiy islohotlarning asosiy yo‘nalishlarini belgilab berdi. Bu haqda Sinxua axborot agentligi ma'lum qildi.
Xitoy Qurolli kuchlarni isloh qilish doirasida “harbiy okruglar tizimini qayta tashkil etish va birlashgan tezkor qo‘mondonlik tuzilmasini yaratish bilan armiyada islohotlar” o‘tkazadi, deb aytdi Si Tszinpin. Agentlikning ta'kidlashicha, bu ishlarni 2020 yilgacha yakunlash rejalashtirilmoqda.
Xitoy raisining tushuntirishicha, hozirgi o‘z ichiga 7 ta harbiy okrugni oluvchi tuzilma o‘zgartiriladi. Bundan tashqari, birlashgan tezkor qo‘mondonlik birligini yaratish rejalashtirilmoqda, bu mamlakat mudofaa tizimining turli elementlari o‘rtasidagi muvofiqlashtirish darajasini oshiradi.
Yangi harbiy islohotlar doirasida 7 ta harbiy okrugda o‘zgartirishlar amalga oshirish ko‘zda tutilgan. Ayni paytda ularning asosiy vazifasi yirik yer usti operatsiyalarini o‘tkazishdan iborat, biroq bunday operatsiyalar o‘tkazishning ehtimoli kam sanaladi. Shu munosabat bilan bu yirik birlashmalarning miqdori qisqartirilishi mumkin.
Xitoy raisining aytishicha, Xitoyning barcha Qurolli kuchlari bo‘lajak islohotni “intiqlik bilan kutmoqdalar va uning amalga oshirilishini qat'iy talab qilmoqdalar”. Shu bilan bir vaqtda mutaxassislar orasida bu islohotlarni yoqlovchi va unga qarshi chiqayotganlar bor.
Si Tszinpin, shuningdek, armiyada intizomni nazorat qilish va korrupsiyaga qarshi yangi organ yaratilishini e'lon qildi.