Jahon | 18:48 / 27.11.2015
5240
2 daqiqa o‘qiladi

Financial Times: Fransiya Asadga nisbatan munosabatini yumshatmoqda

Fransiya Suriya armiyasi muholifat bilan IShIDga qarshi kurashishi mumkinligini aytib, Suriya prezidenti Bashar Asadga nisbatan o‘z munosabatini yumshatganini bildirmoqda. Bu haqda Financial Times gazetasi yozmoqda.

Fransiya tashqi ishlar vaziri Loran Fabius ayni paytda g‘arb davlatlari uchun Raqqa shahrini jangarilardan qaytarib olish ustuvor vazifa hisoblanishini aytdi. Buning uchun muvofiqlashtirilgan, jumladan Suriya armiyasi tomonidan hujum talab qilinadi.

“Ikki xil chora: bombardimonlar va o‘z ichiga Suriya ozod armiyasini ham, hukumat armiyasini ham oluvchi joylarda qo‘shinlar talab etiladi. Nima uchun yo‘q?», deb aytdi Fabius.

Maqola muallifi fikricha, bunday fikrlar avval Asadni “quvg‘in”dek qabul qilgan Fransiya Suriya prezidentiga nisbatan o‘z fikrini o‘zgartirgani va Rossiya bilan hamkorlik qilishni boshlab, ustuvor vazifalarini o‘zgartirganini bildiradi. Shu bilan birga Fabiusning fikricha, agar Suriyada haqqoniy saylovlar o‘tsa, Asadda prezident lavozimiga qayta saylanishga hech qanday imkoniyat bo‘lmaydi.

Avvalroq Fransiya prezidenti Fransua Olland Vladimir Putin bilan uchrashuv natijalariga ko‘ra bergan matbuot-anjumanida Bashar Asad Suriya kelajagida hech qanday rol o‘ynay olmasligini aytgan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish