Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 12:45 / 27.11.2015
7804
1 daqiqa o‘qiladi
Fransiya TIV: Olland va Putin Rossiyadan sanksiyalarni yechish masalasini muhokama qilishdi
Fransiya prezidenti Fransua Olland Moskvaga safari vaqtida Putin bilan Rossiyadan sanksiyalarning olib tashlanishi masalasini muhokama qilgan. Bu haqda Fransiya TIV rahbari Loran Fabius RTL radiostansiyasiga bergan intervyusida ma'lum qilgan.
Biroz oldinroq, Fransua Olland Putin bilan uchrashuvi yakunlari bo‘yicha matbuot anjumanida Rossiya va Fransiya o‘rtasida Ukraina masalasida axborot almashinuviga kelishilgani haqida aytgandi. Olland bu masala bo‘yicha ishlar Minsk kelishuvlari doirasida olib borilishini qayd etgan.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish