Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiyada Parij teraktlari xotirasiga bag‘ishlangan aksiya bo‘lib o‘tdi
Fransiyada Parij teraktlari xotirasiga bag‘ishlangan aksiya bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi Reuters agentligi.
Aytilishicha, jamoat binolari hamda ko‘pchilik shaxsiy uylar derazalariga Fransiya bayrog‘i osib qo‘yildi.
Xotira aksiyasi Parijdagi Davlat nogironlar uyi oldida bo‘lib o‘tdi. Marosimda siyosatchilar, halok bo‘lganlarning qarindoshlari va do‘stlari, hujumlardan omon chiqqanlar ishtirok etishdi.
Tadbir davomida halok bo‘lgan 130 kishining nomlari sanab o‘tildi. Ularning aksariyati hali 35 yoshga to‘lmagan edi. Hujumlar chog‘ida, Fransiyadan tashqari, yana 17 davlat fuqarosi halok bo‘ldi.
Marosimda chiqish qilgan Fransiya prezidenti Fransua Olland IShIDni butunlay yo‘q qilishga chaqirdi.