Jahon | 18:59 / 27.11.2015
1732
1 daqiqa o‘qiladi

Germaniyada 250 ming muhojir qonuniy asossiz yashamoqda

Germaniyada jami 250 ming kishi qonuniy asossiz yashamoqda va politsiya ularni qidirib topish imkoniyatiga ega emas. Bu haqda bugun Germaniya politsiya kasaba uyushmasi rahbari Rayner Vendt bayonot berdi.

“Ayni paytda aynan shu miqdordagi odamlar Germaniyada noqonuniy asosda bo‘lib kelmoqda. Biz ularni qidirmaymiz. Politsiyada bu qidiruvlarni olib borishga imkoniyat va resurslar yo‘q. Bu umuman politsiyaning vazifasi emas”, - dedi u.

Ilgariroq Germaniya matbuoti 200-300 ming muhojir chegaradan o‘tish chog‘ida ro‘yxatlarga kiritilib, shundan keyin migratsion xizmatga murojaat qilmasligini, buning oqibatida mamlakatda noqonuniy muhojirlar sonining oshib ketayotganini ma'lum qilgan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish