Jahon | 18:19 / 27.11.2015
10825
1 daqiqa o‘qiladi

Lavrov: Anqara haddidan oshdi

Rossiya tomoni Su-24 samolyotining Turkiya tomonidan urib tushirilishini, Turkiya tomonidan "ruxsat etilgan me'yorlarning buzilishi" sifatida baholamoqda. Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov o‘z nutqida shunday degan.

"Bizningcha Turkiya hukumati mintaqadagi vaziyatni xavf ostida qoldirib, "haddidan oshgan" holda harakat qildi. Turkiya ham xalqaro, ham mintaqadagi manfaatlarini qiyin ahvolga qoldirganiga ishonch bildiramiz", degan u Suriya TIV rahbari Volid Muallim bilan uchrashuvi vaqtida.

O‘z navbatida Muallim Rossiya harbiy bombardimonchi samolyotining Turkiya tomonidan urib tushirilishini "harbiy jinoyat" sifatida baholagan.

Eslatib o‘tamiz, 24 noyabr kuni tongda Turkiya—Suriya chegarasida Suriyadagi harbiy operatsiyada ishtirok etayotgan Rossiyaning Su-24 samolyoti urib tushirildi. Turkiyaning ta'kidlashicha, samolyot mamlakat havo kengliklarini buzib o‘tgan.

Rossiya Mudofaa vazirligining qayd etishicha, Rossiya samolyoti Turkiya hududiga kirmagan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish