Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Lavrov Rossiyaning Damashqdagi elchixonasi yaqiniga snaryad kelib tushganini ma'lum qildi
Rossiya tashqi ishlar vaziri Lavrov Rossiyaning Damashqdagi elchixonasi yaqiniga minomyot snaryadi kelib tushganini ma'lum qildi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.
“Suriya bizning Damashqdagi diplomatik vakolatxonamiz hamda barcha fuqarolarimiz xavfsizligini ta'minlash yo‘lida ko‘rayotgan sa'y-harakatlar uchun ham minnatdorchilik bildirishni istar edim. Afsuski, bunday choralarga bo‘lgan ehtiyoj saqlanmoqda va hatto kuchaymoqda, 23 noyabr kuni elchixona hududiga yana minomyot snaryadi kelib tushdi”, - dedi u suriyalik hamkasbi Volid Muallim bilan uchrashuv chog‘ida.
Sentyabr oyida ham elchixona hududiga snaryad tushgan edi. Lavrov buni “yaqqol terrorchilik akti” deb atagan edi.