Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskvaning "Lokomotiv" jamoasi Turkiyadagi qishki yig‘inlarni bekor qildi
Moskvaning "Lokokmotiv" jamoasi qishki mashg‘ulot yig‘inlarini Turkiyada o‘tkazmaydi. Bu haqda TASS nashri xabar qildi.
"Rossiya futbol ittifoqi, Tashqi ishlar vazirligi hamda Rosturizm tavsiyasiga ko‘ra, "Lokomotiv" FK rahbariyati Turkiyada o‘tkazilishi belgilangan qishki mashg‘ulot yig‘inlarini bekor qildi. Bu qaror hududdagi siyosiy voqealardan keyin yuzaga kelgan xavfli sharoitlar tufayli qabul qilindi", deyiladi jamoa matbuot xizmatida.
Qayd etish kerakki, 24 noyabr kuni Rossiyaning Su-24 rusumli samolyoti Turkiya havo kengliklarini buzib o‘tgani uchun urib tushirilgach, Rossiyadagi barcha jamoalar Turkiyadagi qishki yig‘inlarini bekor qilgan, faqat Moskvaning "Lokomotiv" jamoasi prezidenti Olga Smorodskaya jamoaning Turkiyadagi yig‘ini bekor qilinmasligi haqida ma'lum qilgandi.
Ma'lum qilinishicha, jamoa Turkiya safari uchun oldindan to‘lovlarni amalga oshirib bo‘lgandi.
Qrim qishki o‘quv-mashg‘ulotlari vaqtida Rossiya jamoalarini qabul qilishga tayyorligini bildirgan.