Jahon | 10:11 / 27.11.2015
3283
1 daqiqa o‘qiladi

OAV: FQB IShIDga aloqadorlikda gumon qilinayotgan 48 kishini kuzatmoqda

AQSh Federal qidiruv byurosi o‘zining eng ilg‘or bo‘linmalarini IShIDga aloqadorlikda gumon qilinayotgan 48 kishini kuzatishga jalb qilgan. Bu haqda Fox News xabar qilmoqda.

Bu gumondorlar shu qadar xavfli hisoblanmoqdaki, FQB o‘zining eng yaxshi agentlarini ularga qarshi ishlatmoqda. Jumladan, mobil kuzatuv otryadlari ham ishga jalb qilingan.
“Kattagina ro‘yxat bo‘lib, bu ro‘yxatga kirgan shaxslar ustidan kuzatuv amalga oshirilmoqda”, - dedi Respublikachilardan chiqqan senator va razvedka faoliyati bo‘yicha qo‘mita a'zosi Den Koats.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish