Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Gvardiola "Manchester Siti"ning yangi bosh murabbiyi bo‘ladi
Xosep Gvardiola joriy mavsum yakunlangach, "Bavariya"ni tark etadi va Angliya premer ligasiga yo‘l oladi. Bu haqda Cadena COPE radiosida xabar berilgan.
Manbaning aytishicha, mutaxassis yozda "Manchester Siti"ning yangi bosh murabbiyi sifatida ishlay boshlaydi.
Qayd etilishicha, "Bavariya" rahbariyati yangi bosh murabbiy izlashni boshlagan. Bu o‘rin uchun asosiy nomzod Karlo Anchelotti hisoblanadi.
O‘tgan oyda "Bavariya" klubi rahbariyati Gvardiolaga ultimatum qo‘ygandi.
Unga ko‘ra, avvaliga nemis klubi rahbariyati ispaniyalik mutaxassisga oxirgi qarorini aytishi uchun 31 dekabrgacha ruxsat bergandi. Biroq bu muddat endi qisqartirildi. Natijada Gvardiola bu borada so‘nggi qarorini 27 noyabrgacha aytishi kerak bo‘lardi.
Gvardiola klubdagi kelajagi haqida berilgan savolga, «o‘zining ishi unga yoqishini, kelajagi borasida hali javob berishga erta ekani» haqida noaniq javoblar berib kelayotgan edi.
Bundan oldin ham, Xosep Gvardiola 2016 yil yozidan Angliyaning «Manchester Siti» klubini boshqarishi haqida xabarlar tarqatilgandi.
Ma'lumot uchun, avgust oyida «Manchester Siti» Manuel Pellegrini bilan 2017 yilga qadar mo‘ljallangan yangi shartnoma imzolagandi.