Jahon | 19:07 / 27.11.2015
3433
1 daqiqa o‘qiladi

Peskov: faqat hukumat qo‘shinlari Suriyada yer usti operatsiyasini o‘tkazishi mumkin

SAR qurolli kuchlari mamlakat hududidagi terrorchilik tashkilotlariga qarshilik ko‘rsatayotgan eng asosiy kuch sifatida yer usti harbiy operatsiyasini o‘tkazish imkoniyatiga egadir. Bu haqda Kremlning rasmiy vakili Dmitriy Peskov bayonot berdi.

“Eslatib o‘tmoqchi edikki, bu tarixning eng boshidanoq Rossiya yer ustida “an-Nusra” va IShIDga qarshi tura oladigan yagona kuch Suriyaning rasmiy qurolli kuchlari ekanligini ta'kidlab kelgan. Bu Suriya arab respublikasi qurolli kuchlaridir”, - uning so‘zlarini keltiradi RIA Novosti.

“Hech qanday harbiy havo operatsiyasi yer usti tarkibiy qismisiz tegishli natijanga erisha olmaydi. Va bu borada yagona real yer usti tarkibiy qismi hukumat qo‘shinlari bo‘lishi mumkin”, - qo‘shimcha qildi Peskov.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish