Jahon | 08:43 / 27.11.2015
7762
1 daqiqa o‘qiladi

Putin: Suriyada yer usti operatsiyalarisiz terrorchilikka qarshi muvaffaqiyatli kurashishning imkoni yo‘q

Suriyada yer usti operatsiyalarisiz terrorchilikka qarshi muvaffaqiyatli kurashishning imkoni yo‘q, bu operatsiyani faqatgina Suriya armiyasi ta'minlashi mumkin, deb aytdi Rossiya prezidenti Vladimir Putin Fransiya prezidenti Fransua Olland bilan uchrashuvi natijalariga ko‘ra bergan matbuot-anjumanida. “Asad armiyasi tabiiy ittifoqchi hisoblanadi”, deb aytdi Putin.

Putinning aytishicha, Fransiya prezidenti bilan qaysi hududlar “muholifatning sog‘lom qismi” bilan, qaysi hududlar terrorchilik guruhlari bilan egallangani haqida ma'lumotlar almashish haqida kelishuvga erishildi.

Ollandning aytishicha, Rossiya va Fransiyaning IShIDga qarshi zarbalari o‘zaro muvofiqlashtiriladi. “Biz o‘z zarbalarimizni IShID va boshqa terrorchilik guruhlariga qaratashimiz kerak”, deb aytdi Olland.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish