Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarada neft o‘g‘rilarining faoliyati fosh etildi
Rossiyaning Samara viloyatida Federal xavfsizlik xizmati neft o‘g‘riligi bilan shug‘ullanuvchi xalqaro jinoiy guruh faoliyatini fosh qildi. RIA Novosti agentligining huquq-tartibot idoralariga tayangan holda ma'lum qilishicha, guruhning kunlik daromadi 1 mln rublni tashkil qilgan.
Ma'lum bo‘lishicha, oxirgi yillarda fosh etilgan eng yirik guruh neft quvurlarini kesib xom ashyo o‘g‘irlash va uni noqonuniy yetkazib berish bilan shug‘ullanib kelgan. Guruh faoliyati qancha davom etgani, ular qanday miqdordagi o‘g‘riliklarni sodir etgani noma'lum.
Jinoyatchilarni qo‘lga olish bo‘yicha operatsiya 25 noyabr kuni Sizranda bo‘lib o‘tdi. Unda Samara va Penza viloyatlari huquq-tartibot organlarining 100 nafar vakili ishtirok etdi.