Jahon | 19:46 / 27.11.2015
5670
2 daqiqa o‘qiladi

Turkiyadagi gazetalardan biri rus tilidagi do‘stlikka chorlovlar bilan chiqdi

Turkiyaning Bugün gazetasi rus tilidagi do‘stlikka chorlovlar bilan chiqdi. “My druzya, sosedi” (“Biz do‘stmiz, qo‘shnimiz”) nomli materialda Antalyadagi rus maktabi o‘qituvchilari ikki davlat o‘rtasida do‘stona aloqalarni saqlab qolishga chaqirdilar.
Materialda Rossiya prezidenti Vladimir Putin, Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an hamda bosh vazir Ahmat Dovudo‘g‘lining tinchlik va murosaga chaqiruvchi so‘zlaridan iqtiboslar keltirildi.
Gazetaning bosma versiyasida material 26 noyabr kuni chiqdi. Materialga ilova qilingan suratlarda Turkiyadagi xususiy rus maktabi o‘quvchilarining yuzlari aks etgan.
“Urib tushirilgan samolyot bilan bog‘liq voqea Antalyada yashovchi 50 ming rusni kuchli tashvishga soldi”, - deyiladi rasm ostidagi izohda. Shundan so‘ng maktab direktori Viktor Bikenev barchaga tinchlik tilashini, keskinlik tez orada bartaraf bo‘lishini umid bilan ta'kidlaydi, o‘qituvchi Marina Baltsever esa “Turkiya bizning yaxshi do‘stimizdir”, deya ta'kidlaydi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish