O‘zbekiston | 20:48 / 27.11.2015
5332
1 daqiqa o‘qiladi

UzMobile va UzOnline abonentlarini tarmoqda uzilishlar bo‘lishidan ogohlantiradi

26 noyabrdan 7 dekabrga qadar soat 22:00 dan 6:00 gacha Jizzax, Andijon, Qashqadaryo, Buxoro, Navoiy va Samarqand viloyatlarida aloqa sifati yomonlashuvi va uzilishlar kuzatilishi mumkin.

Kompaniya axborot xizmatida ma'lum qilinishicha, «O‘zbektelekom» AK bo‘limlarida modernizatsiya ishlari olib borilmoqda.

Shuningdek, mobil aloqa sifatini yaxshilash va CDMA tarmog‘ini takomillashtirish ishlari olib borilayotganligi sababli 27 dan 28 noyabrga o‘tar kechasi Samarqand shahrida hamda 29 dan 30 noyabrga o‘tar kechasi Qarshi shahrida qisqa muddatli uzilishlar yuz berishi mumkin.

"Ushbu noqulayliklar uchun mijozlardan uzr so‘raymiz", deyiladi kompaniyalarning xabarida.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish