Jahon | 10:40 / 28.11.2015
4264
1 daqiqa o‘qiladi

10ta davlat rahbariyati Liviyada yangi hukumat tashkil etishga chaqirdi

Faqatgina milliy birdamlik hukumati Liviyani qayta tiklash, mamlakatda barqarorlik o‘rnatish ishini amalga oshira olishi mumkin. Bu haqda AQSh Davlat departamenti matbuot xizmati tomonidan tarqatilgan Jazoir, Fransiya, Germaniya, Italiya, Marokash, Ispaniya, Tunis, BAA, Buyuk Britaniya va AQShning qo‘shma bayonotida aytildi.

“Biz barcha tomonlarni birlashib, milliy birdamlik hukumatini shakllantirishga qat'iyan chaqirib qolamiz. Faqatgina u qonuniy boshqaruv tizimini joriy etish, barqarorlikni tiklash va mamlakatning birligini saqlash borasidagi murakkab ishni amalga oshira oladi”, - deyiladi bayonotda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish