Fan-texnika | 19:29 / 28.11.2015
7410
3 daqiqa o‘qiladi

Arablar cho‘l uchun mo‘ljallangan poyga yo‘ltanlamasi yaratishdi

BAAning Zarooq Motors kompaniyasi o‘zining birinchi ishlanmasi – umumiy foydalanish yo‘llari uchun ham sertifikatlashtiriluvchi Sand Racer poyga yo‘ltanlamasi yaratishi haqida ma'lumot tarqatdi. Bu avtomobil soatiga 200 km gacha tezlik bilan harakatlana oladi. Yangi model shu hafta oxirida Abu-Dabida o‘tadigan “Formula-1” Gran-prisi vaqtida namoyish qilinadi.

Orqa g‘ildiraklari tortuvchi yangi avtomobil karbon va shisha toladan foydalangan holda qo‘lda yaratilgan yangi shassida quriladi. Avtomobilni yaratish uchun GP2 poyga seriyasining Campos Racing poyga jamoasi va bu yili Formula E poygasining birinchi chempionatini yutgan e.dams-Renault jamoasi mutaxassislari javob beradilar. Mashinaning podveskasi (amortizatorlar, prujinalar, stabilizatorlarni o‘z ichiga oluvchi, mashinaning kuzovi va yo‘lni bog‘lovchi bo‘g‘in) murakkab yo‘llarda tez haydash va qumtepalarda yurish uchun maxsus sozlanadi.

Avtomobil cho‘ldagi eng tezkor va chidamli ilon – qum iloni nomiga Zarooq deb atalgan. Kompaniyaning rahbariyatiga “Yas Marina” trassasining sobiq boshqaruvchi direktori Muhammad Al Kadiy, Formula Ford, Formula Renault va Formula 3 poygalarida ishtirok etgan fransuz poygachisi Bruno Laffit kirdi.

Avtomobilda BAAda yaratilgan va ishlab chiqariluvchi 3,5 litrli 6 silindrli benzin dvigateli o‘rnatiladi. Keyingi oyda motor sinovdan o‘tkaziladi. Motor buyurtmachining istagiga ko‘ra 305, 400 va 500 ot kuchiga ega ko‘rinishda ishlab chiqarilishi mumkin. Uzatmalar qutisi rulda joylashtirilgan dastaga ega olti pog‘onali “avtomat” ko‘rinishida. Avtomobilning og‘irligi bir tonnadan sal ko‘proqni tashkil qiladi, kuzov g‘ildirakka nisbatan vertikal holatda 35-40 smgacha chiqib-tushib harakatlana oladi. G‘ildirak disklari 15 dyuymli, 33 dyuymli yo‘ltanlamas shinalarga ega.

Bundan tashqari, Zarooq Motors Dubayda BAAda yo‘ltanlamas mashinalar uchun mo‘ljallangan birinchi poyga trekini qurmoqchi. Trekning umumiy maydoni 100 akrga yaqinni tashkil qiladi. Bu yerda barcha istovchilar uchun qum bo‘ylab avtomobil haydash bo‘yicha o‘quv kurslari o‘tkazilishi kutilmoqda. Bundan tashqari, Sand Racer avtomobili uchun poyga monokubogi yaratiladi. Bu poygani cho‘lda o‘tkazish rejalashtirilmoqda.

Sand Racer’ning bazaviy versiyasi narxi 100 ming dollarga yaqinni tashqil qiladi. Kompaniya modelni hozircha BAAda sotishni mo‘ljallamoqda. Keyinroq mashina Yevropaga ham yetkazib berilishi mumkin.