Jahon | 00:26 / 28.11.2015
3723
2 daqiqa o‘qiladi

Avstraliyada archaga o‘rnatilgan rojdestvo chiroqlarining ko‘pligi bo‘yicha rekord yangilandi

Avstraliyaning Kanberra shahrida sun'iy archaga o‘rnatilgan rojdestvo chiroqlarining miqdori bo‘yicha rekord yangilandi. Ushbu yutuqning muallifi Devid Richards ismli erkak bo‘ldi. U balandlik 21 metr bo‘lgan bayram archasida 518 838 ta yorug‘lik-diodli chiroq joylashtirdi, deb xabar bermoqda Canberra Times nashri.

Rekordni o‘rnatish uchun 2011 yilda shahar markazini Rojdestvo bayramlarida yasatib turgan archadan foydalandi.

Richardsning ta'kidlashicha, u o‘zining yutug‘idan juda xursand. Uning aytishicha, u Yaponiyada o‘rnatilgan avvalgi rekordni yangilay oldi. Richards xayriya ishlari uchun 100 minglab dollar yig‘ishga yordam bermoqchi. Tadbirda arxitektor, injyener, dizayner va qo‘ngillilar ishtirok etishdi.


Chiroqlarning tantalani yoqilish marosimi 27 noyabrda mahalliy aholi va Ginness rekordlar kitobi vakili ishtirokida bo‘lib o‘tdi. U yangi jahon yutug‘i o‘rnatilganini tasdiqladi, deb xabar bermoqda Guinness World Records sayti.

Avvalroq Richards va uning oilasi o‘z uyida eng ko‘p miqdorda rojdestvo girlyandasini o‘rnatish bo‘yicha rekord o‘rnatgan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish