Jahon | 08:19 / 28.11.2015
2266
1 daqiqa o‘qiladi

Italiyada qalbaki rumin pasportlariga ega bo‘lgan 3 suriyalik ushlandi

Italiya shimolida joylashgan Ankona shahrida Milangacha poyezdga o‘tirish paytida qalbaki rumin pasportlariga ega bo‘lgan 3 suriyalik ushlandi, deb xabar bermoqda Askanews agentligi.

Hujjatlardagi yaqqol farqlanishlar sababli politsiyachilar qoidabuzarlarni darhol ushlashdi. Ta'kidlanishicha, suriyaliklar Italiyadan chiqarib yuboriladilar.

Avvalroq Kosta-Rikada qalbaki grek pasportiga ega suriyalik ayol ushlangani ma'lum qilingandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish