Jahon | 23:43 / 28.11.2015
8207
1 daqiqa o‘qiladi

Ramzon Qodirov Turkiyani IShIDga yordam berishda aybladi

Checheniston prezidenti Ramzon Qodirov “VKontakte” ijtimoiy tarmog‘idagi o‘zining sahifasida Turkiya OAVlarida turklar doimo chechen xalqiga yordam bergani haqidagi gaplarni inkor etdi va Turkiyani IShID jangarilariga yordam berishda aybladi.

“Bugun Turkiya Suriyaga terrorchilarni yollash va jo‘natish bazasiga aylandi. Turkiya orqali u yerga butun dunyodan banditlar bormoqda. Biroq faqatgina sanoqlilargina ushlangan. Turkiya IShID bilan kurashmayapti. U IShID bilan biznes olib bormoqda, neft sotib olmoqda, minglab musulmonlarni o‘ldirayotgan islom dushmanlarini moliyalashtirmoqda”, deb aytdi Qodirov.

Qodirov Turkiyani Checheniston aholisini 19 asrda o‘ziga aldov bilan chorlab, chechen xalqini qirganlikda, ularga yashash uchun tang sharoitlar yaratish va ularning uylariga qaytishlariga to‘sqinlik qilganlikda aybladi.

Avvalroq Ramzon Qodirov IShIDga qo‘shilganlarning ortga qaytishiga ko‘mak bermaslikni talab qilgani ma'lum qilingandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish