Jahon | 18:00 / 29.11.2015
4402
1 daqiqa o‘qiladi

BAAda tuya sutidan bo‘lgan muzqaymoq sotuvga chiqarildi

BAAda tuya sutidan bo‘lgan muzqaymoq sotuvga chiqarildi. Arab davlatlarida mashhur va sertalab mahsulot bo‘lmish tuya suti Yevropa va AQShda o‘z xaridorini topa olmadi. Ammo ishlab chiqaruvchilar umidini uzmay, bozorga yangidan yangi mahsulotlar chiqarmoqda.

Dubay yaqinida joylashgan Al Ain Dairy Farm tuyam fermasi yangi turdagi mahsulotni ishlab chiqara boshladi. Oddiy muzqaymoqdan farqli ravishda, yangi mahsulot biroz taxir ta'mga, shuningdek, ko‘p miqdordagi S vitaminiga ega, ayni paytda, uning tarkibida yog‘ kam.

Tuya muzqaymog‘i 6 xil qo‘shimchalar bilan chiqariladi: kardamon, xurmo, za'faron, vanil, shokolad, karamel.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish