Jahon | 11:18 / 29.11.2015
13451
1 daqiqa o‘qiladi

Dovudo‘g‘li Tohir Elchi qotillarini topishga va'da berdi

Turkiya bosh vaziri Ahmat Dovudo‘g‘li Diyorbakr advokatlar uyushmasi rahbari, kurd faoli Tohir Elchining qotillarini topishga va'da berdi. U qotillar Elchini emas, butun Turkiyani nishonga olganini ta'kidladi.

“Bu voqeaga aniqlik kiritiladi. Biz jinoyat fosh etilmay qolishiga yo‘l qo‘ymaymiz”, - ta'kidladi bosh vazir.

Shuningdek, u hukumat voqea bilan bog‘liq ravishda tartibsizlik uyushtirayotganlar ham e'tiborsiz qolmasligini qayd qilib o‘tdi.
Tohir Elchi matbuot anjumani chog‘ida o‘ldirildi. Istanbulda bu qotillikka norozilik sifatida namoyishlar o‘tkazildi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish