Jahon | 09:45 / 29.11.2015
3333
1 daqiqa o‘qiladi

YeI va Turkiya migratsiya bo‘yicha o‘tadigan favqulodda sammitda munosabatlarini yangilashga harakat qiladi

29 noyabr kuni Bryusselda Turkiya hamda Yevropa Ittifoqining 28 davlati vakillari ishtirokida migratsiya masalalari bo‘yicha favqulodda sammit o‘tkaziladi. Unda, migratsiya masalasidan tashqari, Turkiya bilan bog‘liq boshqa savollar ham ko‘rib chiqiladi.
Jumladan, Su-24 samolyoti urib tushirilanidan buyon Anqaraning Moskva bilan munosabatlari keskinlashib ketdi. Bunda YeI Turkiyani qo‘llab-quvvatlashini ko‘rsatishi va balki Rossiya bilan qarama-qarshiligida Anqarani o‘z ittifoqchisiga aylantirishga urinishi mumkin.
Bundan tashqari, Turkiya chegaralaridagi murakkab vaziyat, IShID tahdidi va boshqa masalalar muhojirlik muammosini keyingi o‘ringa tushirib qo‘yishi mumkin, deb taxmin qilmoqda ekspertlar.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish