Jahon | 23:20 / 29.11.2015
4030
1 daqiqa o‘qiladi

Hameniy maslahatchisi: Eron terrorizmga qarshi kurashda Suriya tomonida bo‘ladi

Eron “terrorizmga qarshi kurashda Suriya xalqini qo‘llab-quvvatlaydi”. Bu haqda Damashqda Eron Islom Respublikasi oliy rahbari oyatulloh Ali Hameniyning siyosiy maslahatchisi Ali Akbar Veloyatiy aytib o‘tgan.

U Suriya prezidenti Bashar Asad bilan uchrashganidan so‘ng, jurnalistlarga “Suriya masalasida Eronning pozitsiyasi o‘zgarmasligini” ta'kidlab o‘tgan. "Biz Suriya tomonda turamiz va unga zarur barcha yordamni beramiz”, - deb ma'lum qildi Veloyatiy.

Veloyatiy Asad bilan joriy yilning 19 may kuni ko‘rishgan edi. Shundan so‘ng Tehron “Suriyada bo‘layotgan urush tufayli mamlakatning zarar yetgan iqtisodiga yordam ko‘rsatish” chora-tadbirlarini qo‘lladi. 2013 yilda Eron Suriyaga 4 mlrd dollar miqdorida moddiy yordam ko‘rsatgan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish