Jahon | 00:23 / 29.11.2015
1853
1 daqiqa o‘qiladi

Keniyada 2 nafar eronlik terakt rejalashtirishda gumon qilinib hibsga olindi

Keniya hukumati mamlakat poytaxti Nayrobida terakt uyushtirishda gumon qilinayotgan 2 nafar eronlikni hibsga oldi. Bu haqda Keniya ichki ishlar vazirligi tvitterda xabar berdi.

“2 nafar eronlik Keniya xavfsizlik organlari tomonidan hibsga olindi. Reja barbod bo‘ldi, gumonlanuvchilar hibsga olindi”, deyilmoqda xabarda.

Qo‘lga olingan 69 yoshli Abubakir Sodiq Lou va 25 yoshli Yasin Samboy Juma
Keniyada terakt uyushtirmoqchi bo‘lganliklarini tan oldilar.

Keniya va Somali hududlarida 2012 yil «Al-Qoida» guruhi bilan birlashgan «Ash-Shabob» terrorchilik guruhi harakat qiladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish