Jahon | 17:12 / 29.11.2015
2053
1 daqiqa o‘qiladi

OAV: Keniyada hibsga olingan eronliklar Nayrobidagi mehmonxonalarga hujum rejalashtirishgan

Keniyada teraktlar uyushtirishga rejalashtirganlikda gumon qilinib qo‘lga olingan 2 nafar eronliklar poytaxt shahar Nayrobidagi mehmonxonalarga hujum qilmoqchi bo‘lishgan. Bu haqda Daily Nation nashri yozmoqda.

Politsiya bosh inspektori Jozef Bunening so‘zlariga qaraganda, 69 yoshli Abubakr Sodiqli va 25 yoshli Yosin Sambay Juma ismli shaxslar shahar mehmonxonalaridagi xorijlik turistlar, biznesmenlar va diplomatlarni nishonga olishgan.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Abubakr Sodiqli kuzatuvni amalga oshirish uchun yosh keniyaliklarni yollaganini tan olgan.

Teraktlarning asosiy tashkilotchisi va buyurtmachisi Somalining “ash-Shabob” guruhi ekanligi taxmin qilinmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish