Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Obama: qurolga erkin egalik qilish bilan nimadir qilish lozim
AQSh prezidenti Barak Obama jinoyatchilar osongina qurolga egalik qilmasliklari uchun nimadir qilish lozim, deb aytdi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar berdi.
Obama bu xaqda Koloradodagi otishmadan so‘ng aytib o‘tdi.
“Biz ko‘chalarimizda qurolga osongina egalik qilish bilan nimadir qilishimiz lozim, zero bu ishlarga aloqasi bo‘lmagan odamlar ularni osongina qo‘lga kirita olmasinlar”, dedi prezident.
Eslatib o‘tamiz, AQShning Kolorado-Springs shahrida joylashgan oilani rejalashtirish markazi oldida yuz bergan otishmada 3 kishi halok bo‘ldi, 11 kishi yaralandi. Markaz ichidan turib otishma olib borgan jinoyatchi politsiyachilarga taslim bo‘ldi.