Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jamiyat | 22:33 / 29.11.2015
7374
1 daqiqa o‘qiladi
Olmaotada o‘qituvchi sinf qarshisida o‘quvchisini qattiq kaltakladi
Internetda bir o‘qituvchining to‘rt o‘quvchisi sinf oldida qattiq kaltaklagani videosi barchaning diqqatini o‘ziga tordi.
Ayol navbat bilan o‘quvchilarni kaltaklaydi. So‘ng ulardan birini boshini ushlab, doskaga bir necha bor qattiq uradi. Video o‘quvchilardan biri tomonidan tasvirga olingan.
Internet foydalanuvchining so‘zlariga ko‘ra, bu voqea Olmaotadagi 198-maktabda bo‘lib o‘tgan.
Huquq-tartibot idorasi xodimlar voqea yuzasidan hech qanday izoh berishmagan.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish