Jahon | 13:51 / 29.11.2015
5469
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiyadan Pont greklari genotsidini tan olish so‘ralmoqda

Rossiyadan Pont greklari genotsidin tan olish so‘ralmoqda. Bu boradagi petitsiya Change.org fuqarolik tashabbuslari portalida chop etildi. Tashabbuskorlar sifatida Gretsiya jamoatchiligi hamda Rossiya greklari ko‘rsatildi.

“1914-1923 yillarda Turkiya hukumati Pont hududida qadimdan istiqomat qilib kelgan 326-382 ming grekni qasddan yo‘q qildi. Yuz yildan buyon begunoh qurbonlarning jonlari adolatga chaqiriq bo‘lib xizmatlar qilmoqda. O‘sha fojiali yillarda yuz minglab greklarga boshpana bo‘lgan Rossiyadan begunoh qurbonlar xotirasini yodga olishni so‘raymiz”, - deyiladi xabarda.

1994 yil fevralidan buyon Gretsiya hukumati 1914-1923 yillarda Usmonlilar saltanati, undan keyin esa Yosh turklar hamda Otaturkchilar tomonidan, armanilar va ossuriyaliklar bilan bir qatorda, Pont greklari ham qirg‘in qilinganini da'vo qilib keladi. 1919 yil 19 mayida Mustafo Kamolning qo‘shinlari Samsunga tushirilishi munosabati bilan boshlangan Qutilish urushi Turkiya respublikasining tashkil topishi bilan yakun topdi. Turkiyada bu sana yoshlar va sport kuni sifatida nishonlanadi. Lekin Gretsiya aynan shu sanani greklar genotsidining boshlanishi deb hisoblaydi.

Ayni kunda ushbu voqealarning genotsid bo‘lganini Gretsiyaning o‘zi, Armaniston, Kipr, Shvetsiya, shuningdek, dunyoning turli chekkalaridagi grek va armani diasporalari tan oladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish